Olima ayollar-millat kelajagining bunyodkor kuchidir
30.03.2026
Joriy yilning fevral-mart oylarida “Professional ta’lim” kafedrasining tayanch doktoranti Temirova Zoxida Ilxomjon qizi Olmaliq Davlat texnika institutida tajriba-sinov ishlari olib bordi. “Talabalarning kreativ qobilyatini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (texnika OTMlar misolida)” mavzusidagi olib borayotgan ilmiy-tadqiqot ishi yuzasidan Olmaliq Davlat texnika instituti “Konchilik” fakultetining “Ijtimoiy-gumanitar” kafedrasi bilan xamkorlikda 60720800-Konchilik ish, 60721200-Konchilik elektr mexanikasi, 60720900-Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi, 60711800-Atrof muhit muhandisligi, ta’lim yonalishlarida “Kreativlikni aniqlash” testi bo’yicha online so’rovnoma o’tkazdi.

Ilmiy ish doirasida o‘tkazgan tajriba-sinov tadqiqot ishlari ilmiy natijalari olinib ijobiy natijalar olindi, disertatasiya ishining ilmiy tadqiqot natijalari bo’yicha erishilgan natijalar asosida ishlab chiqilgan ilmiy-uslubiy tavsiyalar va metodlar texnika ta’lim yo’nalishlari talabalarining shaxsiy rivojlanishga erishish, fikrlash turlarining elementlarini birlashturgan yaxlit kreativ qobilyatini rivojlantirishga xizmat qildi desak adashmagan bo’lamiz. Talabalar va professor-o’qituvchilarda iliq ta’surotlar va qiziqarli ma’lumotlarni bera olgan tayanch doktorantimiz Zoxida Temirovani kelgusi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilab DSc ilmiy darajasi olishda xam qayta tashrib buyurishini so’rab qolishdi.
“Professional ta’lim” kafedrasi mudiri D.I.Muqumova axboroti
Universitet matbuot xizmati