Turkmaniston Xushxabar! OMOUS-2026 Olimpiadasida matematiklar zafar quchishdi!

28.03.2026

#Ta`lim #Xalqaro hamkorlik

2026-yil 23-28 mart kunlari Turkmaniston poytaxti Ashxabod shahrida VI-Ochiq Xalqaro Matematika fan olimpiadasi (OMOUS-20226) bo'lib o'tdi.

Mazkur nufuzli olimpiadada jahonning 10 davlati O‘zbekiston, Turkmaniston, Hindiston, Eron, Indoneziya, Polsha, Rossiya, Ruminiya, Germaniya va Fransiyadan jami 51 ta OTMlaridan 640 nafar ishtirokchi qatnashdi. Universitetimiz sharafini himoya qilgan talabalarimiz ushbu xalqaro olimpiadada B kategoriyasi bo‘yicha individual yo‘nalishda 🥇 2  ta oltin, 🥈1 ta kumush va 🥉 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdilar. Shuningdek, B kategoriya bo'yicha jamoaviy yo'nalishda kuchli uchlikda kirib 🥉bronza medaliga sazovor bo‘lishdi.


Talabalarimizning bu g'alabasi shu kunlarda universitetimizda NAVRO'Z shukuhi kezib yurgan vaqtda munosib sovga sovg'a bo'ldi desak mubolag'a bo'lmaydi.

Universitetimiz rahbariyati va jamoasi nomidan olimpiada ishtirokchilarini ushbu yutuqlari bilan chin dildan tabriklaymiz! Ularning bu yutug‘i nafaqat universitetimiz, balki mamlakatimiz nufuzini ham yuksaltiradi. Talabalarimizga kelgusidagi ilmiy izlanishlarida va musobaqalarda yanada yuksak muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Jamoamizga barcha sharoitlarni yaratib berganliklari uchun universitetimiz rahbariyatiga minnatdorchilik bildiramiz!