Xalqaro hamkorlikning yangi qirralari
28.03.2026
Kuni
kecha barchamiz tarixiy voqelik ‘‘Tashkent WATER week” xalqaro forum guvohi
bo‘ldik.‘‘Tashkent WATER week” xalqaro forum tashkilotchilaridan biri sifatida
universitetimiz jamoasi yuqori faollik bilan ishtirok etishdi. Forum doirasida
Respublikamizga tashrif buyurgan Slovakiya suv xo‘jaligi prezidenti Masros
Nikolaj Universitetimzda suv sohasida kadrlar tayorlash bilan yaqindan
tanishdi.
Masros
Nikolaj xamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida ‘‘Gidravlika va
gidroinformatika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari doktorantlar va
magistrantlar bilan suvdan oqilona foydalanish muammolari, bu sohadagi ilmiy
yutuqlar bo‘yicha davra suhbati
o‘tkazdi. Suhbat jarayonida zamonaviy suv tejash texnologiyalar, suv
resurslarini boshqarish va raqamli gidroinformatika yo‘nalishlarida amalga
oshirilayotgan ilmiy ishlar muhokama qilindi. Vazir Masros Nikolaj Slovakiya
Respublikasida suv resurslarining hozirgi holati, ulardan oqilona foydalanish
mexanizmlari, shuningdek, amalga oshirilayotgan yirik infratuzilmaviy loyihalar
haqida batafsil ma’lumot berdi. Jumladan, Gabcikovo GES gidroenergetika
majmuasi faoliyati, uning Dunay daryosi havzasidagi ahamiyati va Yevropadagi yirik gidrotexnik inshootlardan
biri sifatidagi o‘rni haqida
alohida to‘xtalib o‘tildi.
Shuningdek, vazir Banska Stiavnica shahrida
joylashgan tarixiy suv omborlari tizimi, ularning gidrotexnik yechimlari va hozirgi kunda ham amaliy ahamiyatga ega ekanligi haqida
qiziqarli ma’lumotlar taqdim etdi. Ma’lumki, Slovakiyadagi
bu tizim borasida hamda yomg‘ir suvlaridan samarali foydalanish texnologiyasi
bo‘yicha ma’ruza qildi. Yevropa eng noyob suv boshqaruv
inshootlaridan biri sifatida etirof etiladi. Uchrashuv juda qizg‘in, mazmunli
va interaktiv ruhda o‘tdi.
Tinglovchilar va yosh tadqiqotchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha
javoblar berildi.
Yevropa
Ittifoqi davlati vazirining kafedrada ma’ruza qilishi nafaqat xalqaro ilmiy
muloqotni mustahkamlashga, balki
suv resurslarini boshqarish sohasida
ilg‘or xorijiy tajriba bilan tanishish va uni amaliyotga tatbiq etish uchun
muhim qadam bo‘lib, xalqaro hamkorlikning yangi qirralarini ochib beradi.
Shu
bilan birga, mazkur tashrif ikki davlat olimlari o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni
yanada rivojlantirish, qo‘shma
tadqiqotlar va akademik almashinuvlarni yo‘lga qo‘yish uchun mustahkam zamin yaratadi.
Universitet matbuot xizmati