Festival "Culture and Traditions of Countries" bo‘lib o‘tdi

26.03.2026

#Ma`naviy va tashkiliy

26-mart kuni “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti "Iqtisodiyot" fakulteti "Ingliz tili" kafedrasi tomonidan tashkil etilgan ajoyib festival bo‘lib o‘tdi. Tadbirni Dilafruz Bahodirovna, Kamila Anvarovna, Xurshida Pirmatovna, Madina Ibragimovna, Aydana Aliyevna, Shaxnoza Musabekovna va Nilufar Fazliddinovna kabi ustozlar o‘z guruhlari bilan birgalikda tashkil etishdi.


Festival "Culture and Traditions of Countries" (Mamlakatlar madaniyati va an’analari) nomlanib, unda ishtirokchilar turli mamlakatlarning madaniyati va an’analari haqida qiziqarli taqdimotlar va ko‘rgazmali chiqishlar bilan qatnashishdi. Tadbirning maqsadi xalqaro madaniy aloqalarni rivojlantirish, talabalar va ishtirokchilarga boshqa davlatlarning boy madaniyatini yaqindan o‘rganish imkoniyatini taqdim etish edi.


Festivalda turli milliy kiyimlar, taomlar va urf-odatlar bilan bir qatorda kuy-qo‘shiq va mamlakatlar milliy raqslari ham taqdim etildi. Eng yaxshi ijro egalari "Iqtisodiyot" fakulteti dekani tomonidan sertifikatlar bilan taqdirlandilar.