Ichki turizmni rivojlantirish bo‘yicha sayohat uyushtirildi.
26.03.2026
Joriy yilning mart oylarida “Gidromelioratsiya” fakulteti “Professional ta’lim” kafedrasi professor o‘qituvchilari tomonidan Xorazm viloyatining turizm salohiyatini, xususan Urganch va Xiva (Ichan-qal’a) yo‘nalishlarida ichki turizmni rivojlantirish bo‘yicha sayohat uyushtirildi. Sayoxat davomida «Arda Xiva» majmuasi va Ichan-qal’a markazidagi bir qancha muzeylarga tashrif amalga oshirildi.
Xorazmning
so‘nggi buyuk xonlaridan biri, shoir va musiqashunos Feruz Muhammad Rahimxon II
madrasasi hamda uning hayot yo‘liga bag‘ishlangan muzeyгa sayohat
uyushtirildi. Тarixning jonli sahifalari sari sayohat Muhammad Rahimxon II
madrasasi va muzeyi bizni Xorazmning oltin davriga yetakladi. Shoir va
kompozitor Feruzning ma’rifatparvarlik ruhini har bir eksponatda his etish
mumkin. Uning shaxsiy qo‘lyozmalari, noyob suratlar va mintaqadagi ilk
matbaachilik namunalari o‘tmishning buyuk salohiyatidan so‘zlaydi. Feruz
nafaqat taxt sohibi, balki ma’naviyat va ilm-fan homiysi sifatida yashaganiga
yana bir bor amin bo‘ldik.

Shuningdek, Qoraqalpoq
xalqining buyuk shoiri, klassik adabiyot namoyandasi Ajiniyoz Qo'siboy
o'g'lining hayoti va ijodiga bag‘ishlangan shoirning asarlari, davr tarixi
va madaniyatiga oid eksponatlarni tarixi bilan tanishilib chiqildi. Ushbu
muzey Xivaning ko‘plab tarixiy ob’ektlari qatorida turistlar va adabiyot
ixlosmandlari uchun qiziqarli maskanlardan biri hisoblanadi.
Sayohatimizning
davomi qoraqalpoq xalqining ardog‘idagi farzandi, mumtoz adabiyotimizning yirik
namoyandasi Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li hayoti va ijodiga bag‘ishlandi.
Shoirning o‘lmas asarlari, u yashagan davr ruhiyati va madaniyatini aks
ettiruvchi nodir eksponatlar bilan tanishish bizga o‘zgacha zavq
bag‘ishladi. Shoir qalamiga mansub qo‘lyozmalar va o‘sha davr turmush
tarzini so‘zlovchi ashyolar orasida go‘yo tarix jonlangandek bo‘ldi. Bu
maskan ikki xalq do‘stligi va umumiy adabiy merosimizning yorqin
timsolidir.
Ta’kidlash
joizki, ichki turizm siyosatining ustuvor maqsadi fuqarolar va mehnat
jamoalarining madaniy hordiq chiqarishi uchun qulay muhit yaratish orqali aholi
ma’naviyatini yuksaltirish hamda milliy iqtisodiyotning barqaror o‘sishini
ta’minlashdan iborat. Bu jarayon xalqimizning o‘z o‘tmishi va madaniy
boyliklariga bo‘lgan hurmatini yanada mustahkamlaydi.
“Professional ta’lim” kafedrasi mudiri D.I.Muqumova axboroti
Universitet
matbuot xizmati