“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti va Sarbon universiteti o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

26.03.2026

#Yangilik #Ma`naviy va tashkiliy #Xalqaro hamkorlik

2026 yil 24 mart kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti va Sarbon universiteti o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

Hamkorlik doirasida “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti “Professional ta’lim” kafedrasi mudiri D.I. Muqumova hamda Sarbon universitetining “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi mudiri J.G‘.Inayatov  kafedralari o‘rtasida ilmiy-pedagogik aloqalarni rivojlantirish yuzasidan kelishildi. Bunda asosiy e’tibor yuqori malakali kadrlar tayyorlash, professor-o‘qituvchilarning tajriba almashinuvi hamda o‘quv-uslubiy axborot almashinuviga qaratildi.

Hamkorlik memorondumi zamonaviy TIQXMMI MTUning yetakchi professor-o‘qituvchilari tomonidan Sarbon universiteti talabalari uchun maxsus ma’ruzalar va mahorat darslarini tashkil etish va raqamli iqtisodiyot, suv resurslarini boshqarishda innovatsiyalar va zamonaviy menejment mavzularida qo‘shma konferensiya hamda seminarlar tashkil etishni maqsad qilgan.

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro manfaatli strategik sheriklik platformasi yaratildi hamda oliy ta’lim tizimida raqobat muhitini shakllantirish va ta’lim sifatini xalqaro standartlarga yaqinlashtirish bo‘yicha amaliy qadamlar tashlandi.

 “Professional ta’lim” kafedrasi mudiri D.I.Muqumova axboroti 

Universitet matbuot xizmati