“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti va Sarbon universiteti o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.
26.03.2026
2026 yil 24 mart kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti va Sarbon universiteti o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.
Hamkorlik
doirasida “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini
mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti “Professional
ta’lim” kafedrasi mudiri D.I. Muqumova hamda Sarbon
universitetining “Ijtimoiy-gumanitar
fanlar” kafedrasi mudiri J.G‘.Inayatov kafedralari o‘rtasida ilmiy-pedagogik aloqalarni rivojlantirish
yuzasidan kelishildi. Bunda asosiy e’tibor yuqori malakali kadrlar tayyorlash, professor-o‘qituvchilarning tajriba almashinuvi hamda o‘quv-uslubiy
axborot almashinuviga qaratildi.

Hamkorlik memorondumi zamonaviy TIQXMMI MTUning
yetakchi professor-o‘qituvchilari tomonidan Sarbon universiteti talabalari
uchun maxsus ma’ruzalar va mahorat darslarini tashkil etish va raqamli iqtisodiyot, suv resurslarini boshqarishda innovatsiyalar va
zamonaviy menejment mavzularida qo‘shma konferensiya hamda seminarlar tashkil etishni maqsad qilgan.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki,
davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro manfaatli
strategik sheriklik platformasi yaratildi hamda oliy ta’lim tizimida raqobat
muhitini shakllantirish va ta’lim sifatini xalqaro standartlarga
yaqinlashtirish bo‘yicha amaliy qadamlar tashlandi.
“Professional ta’lim” kafedrasi mudiri D.I.Muqumova axboroti
Universitet
matbuot xizmati