Xalqaro hamkorlik yangi bosqichda!
26.03.2026
Xalqaro hamkorlikni mustahkamlash hamda universitetimiz va talabalarimizning jahon hamjamiyatidagi nufuzini oshirish yo‘lida yana bir muhim qadam qo‘yildi.
Universitetimizning “Elektrotexnika va mexatronika” kafedrasida navbatdagi xorijiy mutaxassis o‘z faoliyatini boshladi. Janubiy Koreyalik professor Jeong In Sook ayni paytda “Mexatronika va robototexnika” yo‘nalishi 1-bosqich talabalariga koreys tili fanidan dars bermoqda. Mazkur darslar talabalar uchun nafaqat yangi tilni o‘rganish, balki xalqaro ta’lim muhitiga moslashish, xorijiy tajribalarni o‘zlashtirish va kelajakdagi akademik hamda kasbiy imkoniyatlarini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Universitetimizda yaratilayotgan bunday imkoniyatlar yoshlarimizning global maydondagi raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi!