"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti xalqaro reytinglarda yangi tarixiy natijaga erishdi!

26.03.2026

#Rektordan #Reyting #Yangilik

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti QS World University Rankings by Subject 2026 xalqaro reytingida ulkan yutuqni qo‘lga kiritib, global akademik maydondagi o‘z mavqeini yanada mustahkamladi.

2026 yil natijalariga ko‘ra, universitet Engineering & Technology fan sohasi bo‘yicha dunyoning #501–550 o‘rinlari qatoridan joy oldi va ushbu yo‘nalishda 59,4 ball natijani qayd etdi.

Eng muhimi va quvonarlisi — universitet bir vaqtning o‘zida yana 3 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha yuqori natijalarga erishdi:

- Agriculture – #401–475 o‘rinlar

- Environmental Sciences – #451–500 o‘rinlar

- Electrical & Electronic Engineering – #501–550 o‘rinlar egalladi.

Bu natija universitetning ilmiy salohiyati, tadqiqotlar ko‘lami va xalqaro hamkorlik darajasi tobora yuksalib borayotganining yaqqol isbotidir.

Qayd etish joizki, QS World University Rankings by Subject 2026 reytingida dunyo bo‘yicha 6277 ta universitet tahlil qilinib, ulardan 1912 tasi reytingga kiritilgan.

"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti jamoasining ushbu yutuqlari ilm-fan, innovatsiya va xalqaro integratsiya yo‘lidagi izchil va samarali mehnatining yorqin samarasidir.