Korrupsiyaga qarshi kurashish tushuntirish targ‘ibot tadbirlari
26.03.2026
“Boshqaruv va turizm” kafedrasida Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.U.Gapparov, bo‘lim bosh mutaxassisi Sh.Shodmonov, kafedra mudiri B.Shafkarov va kafedra professor o‘qituvchi xodimlari ishtirokida universitetida ta’lim tizimida shaffoflikni ta’minlash va korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan“ Korrupsiyaga qarshi kurashish tushuntirish targ‘ibot tadbirlari ” mavzusida ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Uchrashuvni kafedra mudiri B.Shafkarov ochib berdi va Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.U.Gapparov so‘zga chiqib ichki tartib qoidalarga rioya qilish har doim korrupsiyaga qarshi murasiz ravishda birgalikda kurashish kerakligini aytib o‘tdi. Tadbir davomida o‘qituvchi xodimlarni qiziqtirgan savollariga javob berilib, korrupsiyaga qarshi madaniyatni shakllantirish, raqamli baholash tizimlaridan foydalanish va ta’lim muassasasida sog‘lom muhit yaratish bo‘yicha taklif va mulohazalar o‘rtaga tashlandi.