Italiyaning Turin shahrida, Politecnico di Torino universitetida MECAS (Erasmus+ CBHE) xalqaro loyihasi doirasida o‘quv-trening tashkil etildi.

25.03.2026

#Ma`naviy va tashkiliy #Xalqaro hamkorlik #Yangilik

Mazkur trening 2026-yil 24-26 mart kunlari bo‘lib o‘tdi. Unda loyiha hamkor universitetlari vakillari bilan bir qatorda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari Milliy tadqiqot universiteti (TIIAME NRU) Gidravlika va gidroinformatika kafedrasi professor-o‘qituvchilari  loyiha doirasida jamoa a’zolari (team members) sifatida faol ishtirok etdilar.                 

Mazkur treningning asosiy maqsadi Aral dengizi havzasi uchun Ecoinformatika yo‘nalishida yangi magistratura dasturini (MSc) shakllantirish, zamonaviy o‘quv modullarini ishlab chiqish hamda ilmiy-metodik salohiyatni oshirishdan iborat bo‘ldi  .

Treningda quyidagi o'quv darslari amalga oshirildi.

Trening Politecnico di Torino bosh binosida ishtirokchilarni kutib olish va ro‘yxatdan o‘tkazish bilan boshlandi. Ochilish marosimida loyiha koordinatori tomonidan MECAS loyihasining ahamiyati, uning ilmiy va ta’limiy yo‘nalishlari hamda xalqaro hamkorlikdagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, Politecnico di Torino universitetining ilmiy faoliyati, xalqaro loyihalardagi tajribasi va Erasmus+ dasturlari doirasidagi imkoniyatlari taqdim etildi. Trening haftasi dasturi bilan tanishtirilib, ishtirokchilar uchun universitet kampusi bo‘ylab tanishtiruv ekskursiyasi tashkil etildi.

 1-modul

Kunning ikkinchi yarmida “Sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari asosida masofadan zondlash va tasvirlarni qayta ishlash” mavzusidagi 1-modul mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Mazkur modul doirasida:

 • masofadan zondlashning fizik asoslari,

 • sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlarini olish va dastlabki qayta ishlash,

 • ekologik ko‘rsatkichlarni ajratib olish,

 • yer qoplamini tasniflash va geoma’lumotlarni tahlil qilish

bo‘yicha zamonaviy bilimlar berildi.

2-modul

Kunning yakuniy qismida “Daryo muhitini baholash va gidromorfologik tahlil” mavzusidagi 2-modul darslari tashkil etildi.

Ushbu modulda:

 • daryo tizimlarini gidromorfologik baholash metodlari,

 • oqim, cho‘kindi va daryo shakllari o‘zaro bog‘liqligi,

 • dala kuzatuvlari va raqamli tahlil usullarini integratsiya qilish,

 • suv ekotizimlarini muhofaza qilishda ilmiy yondashuvlar kabi masalalar keng yoritildi. Shuningdek, Mecas loyiha doirasida 17 kurs ishlab chiqilishi va shulardan 7 tasi Politecnico di Torino universitetida Training davomida taqdimot qilinmoqda:

1. Essential Research Methodology in Ecology, Politecnico di Torino.

2.  Assessing river habitat and hydro-morphology for conservation, Politecnico di Torino.

3. Artificial Intelligence in Environmental Science, Politecnico di Torino.

4. Image Recognition in Vitro, Politecnico di Torino.

5. Satellite-borne Remote Sensing and Image Processing University of Beira Interior.

6. Modelling and Simulation of the Aral Disaster, Politecnico di Torino.

7. Ecoinformatics Entrepreneurship University of Beira Interior

Amaliy va ilmiy ahamiyati

Mazkur trening davomida ishtirokchilar:

 • zamonaviy geoinformatsion texnologiyalar,

 • masofadan zondlash usullari,

 • daryo tizimlarini kompleks baholash metodologiyasi bo‘yicha chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

Bu jarayon, ayniqsa, TIIAME NRU Gidravlika va gidroinformatika kafedrasi uchun yangi o‘quv kurslarini ishlab chiqish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va xalqaro tajribalarni joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi.