Tashkent Water Week 2026 — “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti yetakchi ishtirokchi va strategik hamkor sifatida

25.03.2026

#Rektordan #Yangilik

Toshkent shahrida o‘tayotgan “Tashkent Water Week 2026” xalqaro forumi doirasida suv resurslarini samarali boshqarish, transchegaraviy hamkorlik va innovatsion yechimlar keng muhokama qilinmoqda. Bugungi kunda suv resurslarining 70–80 foizi qishloq xo‘jaligida sarflanishi, ayrim hududlarda esa yo‘qotishlar 30–40 foizgacha yetayotgani ushbu masalaning o‘ta dolzarb ekanini yaqqol ko‘rsatadi.

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti mazkur nufuzli forumda yetakchi ishtirokchi sifatida faol qatnashmoqda. Universitet rektori Baxadir Syunovich Mirzayev xalqaro minbarda ma’ruza bilan ishtirok etmoqda.

Forum doirasida universitetning ilg‘or innovatsion texnologiyalari namoyish etilmoqda, xorijiy hamkorlar bilan strategik memorandumlar bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda hamda yosh olimlar ishlanmalariga investitsiyalar jalb qilish imkoniyatlari muhokama qilinmoqda.

Shu bilan birga, universitetda rivojlanayotgan suv diplomatiyasi yo‘nalishi mintaqada yangi yondashuv va strategik fikrlashni shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Bugun Toshkentda nafaqat suv, balki butun mintaqaning barqaror kelajagi muhokama qilinmoqda.