Bahoriy kayfiyat va do‘stlik tarovati: Navro‘z ayyomida DEISC a’zolarining unutilmas uchrashuvi
23.03.2026
2026-yil 22-mart kuni “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti, “Iqtisodiyot” fakulteti, “Ingliz filologiyasi” ta’lim yo’nalishida tahsil oluvchi bir guruh Turkmanistonlik talaba-qizlarimiz DEISC (Digital Education & Innovation Support Centre) Raqamli Ta’lim va Innovatsiyani Qo’llab Quvvatlash markazining rasmiy a’zolari sifatida, LUPIC (Koreya-O‘zbekiston) xalqaro loyihasi doirasida Navroʻz bayrami tadbirlarida faol ishtirok etdilar. Ushbu tashrif LUPIC (Leading Universities Program for International Cooperation) loyihasi a’zosi, “Ingliz tili” kafedrasi dotsenti Go’zal Eshchanova tashabbusi bilan tashkil etildi.
Talaba-qizlar bayram kunlari davomida Toshkent shahridagi Milliy bog‘ga tashrif buyurib, tabiat qo‘ynida piknik tashkil etdilar. Bahorning yangilanishi, iliq ob-havo va Navro‘z shukuxi ularga unutilmas taassurotlar bag‘ishladi. Bu tashrif Turkmanistonlik talabalarning O‘zbekistonda ilk bor Navro‘z bayramida ishtirok etishlari bilan alohida ahamiyat kasb etdi.
Bayram sayllari davomida talaba-qizlar Navro‘z konsertlarida qatnashib, ashula
aytib, raqsga tushdilar, turli milliy an’analarni bilan yaqindan tanishdilar.
Bu esa madaniyatlararo do‘stlik va o‘zaro hurmatni yanada mustahkamladi.
Shuningdek, ular Toshkentdagi
Seoul shaharchasiga tashrif buyurib, Koreya madaniyati bilan yaqindan
tanishdilar. Zamonaviy maskanlardan biri bo‘lgan Magic City va Next savdo majmualarida
bo‘lib, Toshkent shahridagi zamonaviy imkoniyatlar bilan ham tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.
Talabalar Xalqlar do‘stligi monumentini ziyorat ham qilib, turli xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik, jipslik va yaqin hamkorlik ramzini yana bir bor his etdilar hamda esdalik suratlariga tushdilar.
Mazkur tashrif talaba-qizlar uchun nafaqat bayramona
hordiq, balki xalqaro do‘stlik, madaniy
almashinuv va hamkorlikni chuqur anglash imkoniyati bo‘ldi. Navro‘z shukuhi
bilan uyg‘unlashgan ushbu safar ularning qalbida yorqin va iliq xotiralar
qoldirdi.