Abdulla Oripov 85 yillik yubileyiga bag'ishlangan hamkorlik konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
18.03.2026
Bugun “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti tomonidan “Science and innovation” xalqaro ilmiy jurnali bilan hamkorlikda o‘zbek adabiyotining buyuk namoyandasi, xalq shoiri Abdulla Oripovning boy ijodiy merosini yana bir bor yod etish, uning falsafiy va axloqiy qarashlarini chuqur tahlil qilishga bag‘ishlandi.
Konferensiyada shoirning oila a’zolari ishtirok etib, uning nafaqat ijodkor, balki inson va oila boshlig‘i sifatidagi o‘rni haqida samimiy xotiralar bilan o‘rtoqlashdilar.

Anjumanda shoirlar, professor-o‘qituvchilar,
universitet vakillari, talaba-yoshlar hamda OAV xodimlari faol ishtirok etib,
mazkur tadbir ilmiy va ijodiy muloqot maydoniga aylandi.
Konferensiya davomida musiqali chiqishlar ham tashkil
etilib, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulbahor Erqulova ijrosidagi
maqom qo‘shiqlari tadbirga o‘zgacha ruh va fayz bag‘ishladi.
Tadbir yakunida faol ishtirokchilar sertifikat hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.