LUPIC loyixasi, RoboticsWare-DEISC kursi: Koreyalik mutaxassislar tomonidan Intenisiv Kurs
18.03.2026
Joriy
yilning 16, 17 va 18 mart kunlari “TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universitetida
koreyalik olimlar tomonidan RW-DEISC
kursi (RW-DEISC Course for
Robotics and Business 1st Level”)nomli intensiv kurs tashkil etildi. Mazkur
tadbir Janubiy Koreyaning Keymyung Kollej Universiteti hamkorligida tashkil
etildi. Mazkur Capacity Building, LUPIC “Leading Universities International
Program for Cooperation” (2024–2029) xalqaro granti doirasida amalga
oshirilib, mazkur loyiha O’zbekistondan universitet rektori, professor Mirzayev
Baxodir Suyunovich koordinatorligida olib borilmoqda.
Intensiv
kursni Roboticsware bosh direktor o‘rinbosari, professor JeongJun Lee olib
bordi. Kurs davomida DEISC “Digiital Education Innovation Support Centre” (Raqamli
Ta’lim va Innovatsiyani Qo‘llab-Quvvatlash) Markazida faoliyatni yo‘lga qo‘yish
bo‘yicha raqamli ta’lim, qizlarni va ayollarni ish bilan ta’minlash, daromadlarini oshirish,
tadbirkorlik va start up loyihalarini yaratish, biznes rejalarni shakllantirish
bo‘yicha amaliy takliflar va tavsiyalar berildi.
-Kursning
asosiy yo‘nalishlari:
-Raqamli
Ta’lim va Innovatsiya:Ta’lim jarayonida raqamli o‘qitish metodlarini joriy etish
va samarali o‘quv tizimlarini yaratish.
-Ayollarni qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlik: Jamiyatda ayollar, talaba qizlar va ayyol professorlarni ish bilan bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish
va tadbirkorlikni rivojlantirish.
-Start uplar
va Biznes Rejalari: Start up loyihalarini yaratish, biznes rejalari
shakllantirish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash.
-Mazkur kurs universitetning Axborot-Resurs
Markazida kompyuter zalida o‘tkazildi, unda DEISC markazida ta’lim salohiyatini
oshirishga qaratilgan maqsadlar amalga oshirildi.

Tadbirda
jami 30 nafar talabalar, professor-o‘qituvchilar
ishtirok etishdi, shu jumladan loyixa a’zosi, DEISC markazi faoliyati bo‘yicha mas’ul, "Ingliz tili’ kafedrasi dotsenti
G’ozal Eshchanova, ‘‘Iqtisodiyot’’ fakultetining "Ingliz filologiyasi’
ta’lim yo’nalishidan bir gurux talaba qizlar, "Ingliz tili’kafedrasi
o’qituvchilari, “Yer resourslarini boshqarish va kadastr” va “Energetika”
fakultetlari ayol professor-o‘qituvchilari ham kursda juda faollik bilan ishtirok etdilar.
Mazkur kurs raqamli ta’limni mustahkamlash,
tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish va start up loyihalarini
qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan edi. Ayniqsa, ayollar va qizlar uchun yangi
imkoniyatlarni yaratish va ularni iqtisodiy mustahkamlashga xizmat qildi.
Mazkur
intensiv kursni muvaffaqiyatli tugatgan 30 nafar ishtirokchilarga
universitetimizning o’quv ishlari bo’yicha prorektori, Professor Xudayarov
Baxtiyor Alimovich tomonidan Xalqaro sertifikatlar topshirildi.
Kurs davomida olingan bilim va ko‘nikmalar,
kelajakda ta’lim jarayoniga, ilmiy hamkorlikka va innovatsion faoliyatni
rivojlantirishga katta hissa qo‘shishi kutilmoqda. Tadbir universitetning
xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda raqamli ta’lim sohasidagi yetakchiligini
mustahkamlashdagi muhim qadam bo‘ldi.