LUPIC loyixasi, RoboticsWare-DEISC kursi: Koreyalik mutaxassislar tomonidan Intenisiv Kurs

18.03.2026

#Xalqaro hamkorlik #Yangilik

Joriy yilning 16, 17 va 18 mart kunlari “TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universitetida koreyalik olimlar tomonidan RW-DEISC kursi (RW-DEISC Course for Robotics and Business 1st Level”)nomli intensiv kurs tashkil etildi. Mazkur tadbir Janubiy Koreyaning Keymyung Kollej Universiteti hamkorligida tashkil etildi. Mazkur Capacity Building, LUPIC “Leading Universities International Program for Cooperation” (2024–2029) xalqaro granti doirasida amalga oshirilib, mazkur loyiha O’zbekistondan universitet rektori, professor Mirzayev Baxodir Suyunovich koordinatorligida olib borilmoqda.

Intensiv kursni Roboticsware bosh direktor o‘rinbosari, professor JeongJun Lee olib bordi. Kurs davomida DEISC “Digiital Education Innovation Support Centre” (Raqamli Ta’lim va Innovatsiyani Qo‘llab-Quvvatlash) Markazida faoliyatni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha raqamli ta’lim, qizlarni va ayollarni ish bilan ta’minlash, daromadlarini oshirish, tadbirkorlik va start up loyihalarini yaratish, biznes rejalarni shakllantirish bo‘yicha amaliy takliflar va tavsiyalar berildi.

-Kursning asosiy yo‘nalishlari:

-Raqamli Ta’lim va Innovatsiya:Ta’lim jarayonida raqamli o‘qitish metodlarini joriy etish va samarali o‘quv tizimlarini yaratish.

-Ayollarni qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlik: Jamiyatda ayollar, talaba qizlar va ayyol professorlarni ish bilan bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish.

-Start uplar va Biznes Rejalari: Start up loyihalarini yaratish, biznes rejalari shakllantirish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash.

-Mazkur kurs universitetning Axborot-Resurs Markazida kompyuter zalida o‘tkazildi, unda DEISC markazida ta’lim salohiyatini oshirishga qaratilgan maqsadlar amalga oshirildi.

Tadbirda jami 30 nafar  talabalar, professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi, shu jumladan loyixa a’zosi, DEISC markazi faoliyati bo‘yicha mas’ul, "Ingliz tili’ kafedrasi dotsenti G’ozal Eshchanova, ‘‘Iqtisodiyot’’ fakultetining "Ingliz filologiyasi’ ta’lim yo’nalishidan bir gurux talaba qizlar, "Ingliz tili’kafedrasi o’qituvchilari, “Yer resourslarini boshqarish va kadastr” va “Energetika” fakultetlari ayol professor-o‘qituvchilari ham kursda juda faollik bilan ishtirok etdilar.

Mazkur kurs raqamli ta’limni mustahkamlash, tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish va start up loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan edi. Ayniqsa, ayollar va qizlar uchun yangi imkoniyatlarni yaratish va ularni iqtisodiy mustahkamlashga xizmat qildi.

Mazkur intensiv kursni muvaffaqiyatli tugatgan 30 nafar ishtirokchilarga universitetimizning o’quv ishlari bo’yicha prorektori, Professor Xudayarov  Baxtiyor Alimovich tomonidan Xalqaro sertifikatlar topshirildi.

Kurs davomida olingan bilim va ko‘nikmalar, kelajakda ta’lim jarayoniga, ilmiy hamkorlikka va innovatsion faoliyatni rivojlantirishga katta hissa qo‘shishi kutilmoqda. Tadbir universitetning xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda raqamli ta’lim sohasidagi yetakchiligini mustahkamlashdagi muhim qadam bo‘ldi.