Ilmga baxshida umr
10.03.2026
Yurt taraqqiyoti, davlatchilik an’analari mustahkamlanishi hamda milliy ilm-fan ravnaqiga ulkan va beqiyos hissa qo‘shgan, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi, taniqli olim va jamoat arbobi Oqil Umurzoqovich Salimovga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining faxriy professori unvoni berildi.
Mazkur
taqdirlash marosimida olimning ko‘p yillik samarali ilmiy faoliyati, mamlakatimizda
ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shgan munosib hissasi, yosh avlodni ilm-ma’rifat ruhida
tarbiyalash borasidagi xizmatlari alohida e’tirof etildi. Shuningdek, Oqil Umurzoqovich
Salimovning davlat boshqaruvi tizimi rivojiga, milliy ilm-fan maktablarini shakllantirish
va ularni yanada mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslari yuqori baholandi.

Tadbir
davomida so‘zga chiqqanlar tomonidan olimning ilmiy va ijtimoiy faoliyati, mamlakatimiz
taraqqiyoti yo‘lidagi fidokorona mehnati haqida iliq fikrlar bildirildi. Ushbu e’tirof
nafaqat olimning shaxsiy yutug‘i, balki mamlakatimiz ilm-fani va ta’lim tizimi uchun
ham muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.
Mazkur
tadbirda universitetimiz professor-o‘qituvchilari hamda xodimlarining faol ishtiroki
ta’minlandi. Ular marosimda qatnashib, yurtimiz ilm-fani rivojiga munosib hissa
qo‘shayotgan olimlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning tajribasini yosh avlodga
yetkazish muhim ekanini alohida ta’kidladilar.
Tadbir
ko‘tarinki ruhda o‘tib, ishtirokchilarda ilm-fanni yanada rivojlantirish, mamlakat
taraqqiyotiga xizmat qiladigan yangi tashabbus va loyihalarni amalga oshirishga
ilhom bag‘ishladi.