Ilmiy tadqiqot ishlari yuqori malaka sari yana bir qadamdir!

10.03.2026

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

Joriy yilning yanvar-fevral oylarida Universitet tayanch doktoranti Temirova Zoxida Ilxomjon qizining Talabalarning kreativ qobilyatini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (texnika OTMlar misolida) mavzusidagi 13.00.05 - “Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo‘yicha falsafa fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasi natijalarini sinov-tajribadan o’tkazish ishlari Jizzax politexnika institutida amaliyotga tatbiq etildi.

Jizzax politexnika instituti Transport muhandisligi fakulteti 60711400-Transport vositalari muhandisligi va 60712300-Mexanika muhandisligi yo’nalishlari o’quv jarayonida tajriba va nazorat guruhlari belgilab olindi va tajriba-sinov ishlari o’tkazildi. Z.I.Temirovaning ilmiy tadqiqot natijalari bo’yicha erishgan natijalari asosida ishlab chiqilgan ilmiy-uslubiy tavsiyalari oliy ta’lim muassasalarining barcha ta’lim yo’nalishlari talabalarining metodik faoliyatga tayyorlashning takomillashtirish mazmuni va ta’lim-tarbiya jarayoniga shaxsiy rivojlanishga erishishda ratsional-mantiqiy va intuitiv-xayoliy fikrlash turlarining elementlarini birlashtirgan yaxlit kreativ qobiliyatlarni shakllantirishda xizmat qildi. Ijobiy natijalar olinib ilmiy ish doirasida umumlashtirish ishlari olib borilmoqda.

"Professional taʼlim" kafedrasi mudiri D.I.Muqumova axboroti

Universitet matbuot xizmati