“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan katta va tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

07.03.2026

#Ma`naviy va tashkiliy

Tadbir davomida universitet rektori Baxodir Mirzayev o‘z tabrigida yurtimiz taraqqiyoti, jamiyat hayoti va ilm-fan rivojida xotin-qizlarning o‘rni va ahamiyati beqiyos ekanini alohida ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, universitetimizda faoliyat yuritayotgan bir guruh fidoyi professor-o‘qituvchilar hamda xodimlarning mehnati yuksak e’tirof etildi.


Tantanali marosim davomida ularga faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari topshirilib, jamoa oldidagi samarali mehnati uchun samimiy minnatdorlik bildirildi.


Bayram tadbiri yanada ko‘tarinki kayfiyatda o‘tishi uchun universitet jamoalari tomonidan tayyorlangan musiqiy va badiiy chiqishlar namoyish etildi. Shuningdek, estrada xonandalarining qo‘shiqlari va sahnaviy chiqishlari ishtirokchilarga haqiqiy bayramona ruh bag‘ishladi.


Quvonch, ehtirom va samimiyatga boy bo‘lgan ushbu tadbir barcha ishtirokchilarga unutilmas taassurotlar qoldirdi. Xotin-qizlarga bo‘lgan hurmat va e’tiborni yana bir bor namoyon etgan ushbu bayram universitet jamoasi xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladi.