"Al Muamalat Consulting" MCHJ bilan Master-klass ma'ruzasi tashkil etildi
06.03.2026
"Iqtisodiyot" kafedrasi tashabbusi bilan talabalarning zamonaviy moliyaviy bilimlarini oshirish, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ularni istiqbolli yo‘nalishlarga yo‘naltirish maqsadida "Al Muamalat Consulting" MCHJ bilan Master-klass ma'ruzasi tashkil etildi.
2026-yil 5-mart sanasida "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti "Iqtisodiyot" ta'lim yo'nalishi talabalari bilan "Al Muamalat Consulting" MCHJ mutaxassislari ishtirokida Master-klass ma'ruzasi bo‘lib o‘tdi.
Master-klassdan ko'zlangan asosiy maqsad — Islomiy moliya, islomiy bank ishi va muqobil moliyaviy instrumentlar bo‘yicha, xususan "Al Muamalat Consulting" MCHJ faoliyat yo'nalishlari haqida ma'lumotlar berildi.
Uchrashuv ma'ruzachilari:
1. Iskandar Tursunov - "Al Muamalat Consulting" MCHJ asoschisi. Malayziyaning Kuala-Lumpur shahridagi INCEIF Universitetida Islomiy moliya bo‘yicha magistr darajasini olgan. Shuningdek, u Turkiyadagi “Istanbul Sabahattin Zaim” Universitetida Islomiy moliya bo‘yicha ta’lim olgan. Bank, sug‘urta va davlat sektorlari sohalarida ko‘p yillik tajribaga ega. Sertifikatlangan Vaqf amaliyotchisi, Sertifikatlangan Islomiy mikromoliya amaliyotchisi, Sertifikatlangan shariat maslahatchisi va auditori (AAOIFI CSAA).
2. Hayotjon Azimov - so‘nggi 15 yil davomida moliyaviy muhandislik, risklarni boshqarish va loyiha boshqaruvi sohalarida amaliyotchi. Malayziyada Islomiy banklar va Islomiy bank “darcha”larini tashkil etish bo‘yicha tajribaga ega. Sertifikatlangan shariat maslahatchisi va auditor (AAOIFI CSAA). Sertifikatlangan Islomiy moliya mutaxassisi (INCEIF), Moliyaviy bozorlar bilan savdo litsenziyasi egasi (AICB).
📊 Shuningdek, Uchrashuv davomida:
1. O‘zbekistonda islom moliyasining yangi bosqichi: huquqiy va institutsional
islohotlar,
2. Islomiy bank modeli an’anaviy bank tizimidan farqi va iqtisodiy ustunliklari,
3. AAOIFI standartlari va xalqaro amaliyot,
4. Islomiy moliyada karyera imkoniyatlari,
5. Ilmiy tadqiqot va magistratura / PhD uchun istiqbolli mavzular haqida ma'lumotlar berildi.
Uchrashuv yakunida talabalarni qiziqtirgan savollar hamda fikr-mulohazalarga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi, munosabatlar bildirildi.
Kelajakda o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida, "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti hamda "Al Muamalat Consulting" MCHJ o'rtasida o'zaro hamkorlik memorandumi imzolash masalasi ham muhokama qilindi.