Xujamkulova Xosiyat Ishboyevna “O’zbekgidroenergo” AJ mutaxassislari tomonidan munosib taqdirlandi
06.03.2026
8-mart “Xalqaro xotin-qizlar bayrami” munosabati bilan, joriy yilning 5-mart kuni “Boshqaruv va Turizm” kafedrasi katta o’qituvchi Xujamkulova Xosiyat Ishboyevna “O’zbekgidroenergo” AJ mutaxassislari tomonidan munosib taqdirlandi. X.I.Xujamkulova “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida pedogogik faoliyatini 2005-yildan boshlashiga qaramasdan, bu vaqtga qadar 16 yil davomida “Tupalangsuvqurilish” boshqarmasi yetakchi iqtisodchisi, “Sariosiyosuvqurilish” AJ da moliya iqtisod bo’limi boshlig’i, “To’palang HPD Holding” MChJ ga qarashli “To’palang HPD Water Construction” UK yetakchi iqtisodchisi va “O’zbekgidroenergo” AJ ga qarashli “4-son Qurilish direksiyasi” MChJ da “Iqtisodiy tahlil va rejalashtirish” bo’limi boshlig’i lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Sobiq mutahassis hozirgi kunda “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti “Boshqaruv va Turizm” kafedrasida ishlab, o’zining ilmiy va amaliy bilimlarini talabalarga ulashish bilan birgalikda 120 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifidir. Jumladan, SCOPUS bazasidagi jurnalllarda 10 ta, 4 ta monografiya, 12 ta o’quv qo’llanma, OAK talabi bo’yicha respublika va xorijiy ilmiy jurnallarda 28 ta va xorijiy ilmiy-amaliy anjumanlarda 50 dan ortiq tezis va ilmiy maqolalardan iborat.
“O’zbekgidroenergo” AJ hodimlari tashrifi davomida X.I.Xujamkulovani bayram bilan tabriklab, shu bilan birgalikda talabalarni qiziqtirgan savollariga javob berdi va kelgusida ishlab chiqarish amaliyotini o’tash, ish o’rganish, memorandum tuzish hamda hamkorlik o’rnatish uchun viloyatning barcha filiallarining har kunlik ochiq eshiklar kuniga taklif qilib korxonaning barcha filiallarida tajribali mutahassislar biriktirilishini ta’kidlab o’tdi