Bugun “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida suv resurslarini boshqarish bo‘yicha jahonning yetakchi texnologik kompaniyalari vakillari bilan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
05.03.2026
Uchrashuvda Avstraliyaning nufuzli kompaniyasi — “Rubicon Water” mintaqaviy vakili Piter Pelisaar hamda “Inverson Technologies” SA kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Maksim Sidorov ishtirok etdi.
Universitet rektori mehmonlarni samimiy qutlar ekan, oliygohda
amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, ta’lim jarayonidagi islohotlar hamda
soha uchun tayyorlanayotgan yuqori malakali kadrlar salohiyatiga alohida to‘xtalib
o‘tdi.
Shuningdek, talabalar amaliyotini “Rubicon” ob’ektlarda o‘tkazish,
o‘quv-taҗriba xo‘jaligida “Rubicon”ning suv resurslarini intellektual boshqarish
texnologiyalarini o‘rnatish va universitetda
qo‘shma laboratoriyalarni tashkil etish
takliflarini berdi.
Janob Piter Pelisaar esa kompaniyaning Qozog‘istondagi muvaffaqiyatli
loyihalari, shuningdek, Qashqadaryo viloyatidagi Mirishkor kanali va Farg‘ona vodiysida
amalga oshirilayotgan istiqbolli tashabbuslar haqida ma’lumot berdi.

Uchrashuv yakunida
quyidagi yo‘nalishlarda dastlabki kelishuvlarga erishildi:
— “Rubicon
Water”ning O‘zbekiston hududlaridagi loyihalariga universitetning iqtidorli talabalari
va yosh mutaxassislarini jalb qilish, ishlab chiqarish bilan integratsiyani kuchaytirish;
— Talabalar
uchun Avstraliyada “Rubicon” texnologiyalari joriy etilgan ob’ektlarda malakaviy
amaliyotlarni tashkil etish;
— Universitetning
o‘quv-taҗriba xo‘jaligida
“Rubicon”ning suv resurslarini intellektual boshqarish texnologiyalarini joriy etish
orqali real vaqt rejimida ilmiy tadqiqotlar olib borish imkoniyatini yaratish;
— Laboratoriya
binosini zamonaviy uskuna va qurilmalar bilan jihozlash orqali moddiy-texnik bazani
yanada mustahkamlash.
Ushbu loyihaga
mas’ul etib “Gidromelioratsiya” fakulteti dekani Ishchanov Javlonbek tayinlandi.
Mazkur hamkorlik suv resurslarini samarali boshqarish, innovatsion texnologiyalarni
joriy etish va amaliyotga yo‘naltirilgan ta’limni yangi bosqichga olib chiqishga
xizmat qiladi.