Respublika bolalar kutubxonasiga tashrif

04.03.2026

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

2026-yil 3-mart kuni "Iqtisodiyot" fakulteti "Filologiya va tillarni o‘qitish: Ingliz tili" yo‘nalishi 147-guruh talabalari “Home” mavzusi doirasida amaliy mashg‘ulot sifatida Respublika bolalar kutubxonasiga tashrif buyurishdi.

Tashrif "Ingliz tili" kafedrasi o'qituvchilari Omonova Laylo va Ergasheva Nasiba rahbarligida tashkil etildi. Tadbir davomida talabalar kutubxonaning zamonaviy o‘quv zallari, bolalar uchun yaratilgan qulay sharoitlar hamda boy adabiyot fondi bilan yaqindan tanishdilar.

“Home” mavzusi asosida talabalar ingliz tilida uy, oila muhiti va shinam maskan tushunchalari haqida suhbatlar olib bordilar hamda kutubxona muhitini ta’limiy va ma’naviy “ikkinchi uy” sifatida tahlil qildilar. Shuningdek, interaktiv topshiriqlar va muloqot mashqlari orqali ularning og‘zaki nutq ko‘nikmalari mustahkamlandi.

Mazkur tashrif talabalarning nafaqat til kompetensiyasini rivojlantirishga, balki kitobxonlik madaniyatini oshirishga ham xizmat qildi. 

"Ingliz tili" kafedrasi axboroti

Universitet matbuot xizmati