Talabalar turar joyida talaba-yoshlar bilan uchrashuv
04.03.2026
Joriy yil 03-mart kuni “Qurilish muhandisligi” kafedrasi mudiri prof. B.Hasanov va katta o‘qituvchi A.Azimovlar fakultetga qarashli 1-sonli “Talabalar turar joyi”da bo‘lib 4 va 5-qavatlarda yashayotgan talabalarning yashash sharoitlari bilan tanishdi hamda ular bilan talabalar turar joyidagi yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim jarayoni va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalari bo‘yicha suhbatlashdi. Shuningdek, ularga ichki tartib qoidalar bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib bordi, talabalarning fikr va takliflarini so‘radi hamda kerakli ko‘rsatmalar berdi. Suhbat jarayonida ularning ta’lim va tarbiya olishlari uchun universitetda yaratilgan sharoitlar to‘g‘risida hamda darslarni qoldirmasdan o‘z vaqtida darslarga borishlari, fanlar kesimida professor – o‘qituvchilar tomonidan berilgan vazifalarni o‘z vaqtida bajarishlari va a’lo baholarga o‘qishlariga tavsiyalar berishdi.
“Qurilish muhandisligi” kafedrasi
o‘qituvchisi A.I.Azimov axboroti
Universitet matbuot xizmati