Innovatsion ochiq dars

03.03.2026

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

Joriy yilning 3 mart kuni "Professional ta’lim" kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) Sharipova Shahlo Sa’dullayevna tomonidan "Iqtisodiyot" fakultetida yuqori saviyadagi "Ochiq dars" tashkil etildi.

Buxgalteriya va audit yo’nalishining 113-rus guruhi talabalari ishtirokida o’tgan mashg’ulot “Внедрение образовательных технологий в формирование академических навыков и профессионалной компетентности” mavzusiga bag‘ishlandi.

Ishlab chiqarish bilan integratsiya va "Rolli o‘yinlar" usulida tashkil etilgan darsning eng e’tiborli jihati - uning ishlab chiqarish jarayonlari bilan uzviy bog’liqligi bo’ldi. Sh. Sharipova talabalarda nafaqat akademik bilimlarni, balki sohadagi real muammolarni hal qilish ko’nikmalarini shakllantirishga alohida urg’u berdi.

Mashg’ulot davomida talabalar kichik guruhlarga bo’lingan holda, "Rolli o’yinlar" usuli orqali amaliy keyslar bilan ishladilar. Har bir guruhga ishlab chiqarish korxonalarida uchraydigan real muammoli vaziyatlar topshiriq sifatida berildi.

Ushbu amaliy jarayon quyidagi tarkibda o’tkazildi:

Kichik guruhlarda bahs-munozara: Talabalar ishlab chiqarishdagi murakkab buxgalteriya va audit holatlarini tahlil qildilar.

Rolli simulyatsiya: Talabalar "ichki auditor", "bosh buxgalter" va "korxona rahbari" rollarini ijro etib, muammoli vaziyatlardan chiqish yo’llarini namoyish etdilar.

Yechimlar taqdimoti: Har bir guruh o’z yеchimini iqtisodiy va huquqiy asoslar bilan himoya qildi.            

Professional kompetentlik sari qadam. Dotsent Sh. Sharipova tomonidan qo‘llanilgan ushbu metod talabalarga kelajakdagi kasbiy faoliyatlarida duch kelishi mumkin bo‘lgan psixologik va professional to‘siqlarni yеngish, tezkor qaror qabul qilish va akademik mahoratni amaliyotda qo‘llash imkonini berdi.

Ochiq dars yakunida kuzatuvchi sifatida qatnashgan professor-o‘qituvchilar darsning noan’anaviy tarzda tashkil etilganini, ayniqsa, nazariyaning ishlab chiqarish bilan bog‘langani talabalar uchun juda foydali bo‘lganini yuqori baholadilar.

 "Professional taʼlim"  kafedrasi mudiri D.I.Muqumova axboroti

Universitet matbuot xizmati