Innovatsion ochiq dars
03.03.2026
Joriy yilning 3 mart kuni "Professional ta’lim" kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) Sharipova Shahlo Sa’dullayevna tomonidan "Iqtisodiyot" fakultetida yuqori saviyadagi "Ochiq dars" tashkil etildi.
Buxgalteriya
va audit yo’nalishining 113-rus guruhi talabalari ishtirokida o’tgan mashg’ulot
“Внедрение образовательных технологий в формирование академических навыков и профессионалной
компетентности” mavzusiga bag‘ishlandi.
Ishlab chiqarish
bilan integratsiya va "Rolli o‘yinlar" usulida tashkil etilgan darsning
eng e’tiborli jihati - uning ishlab chiqarish jarayonlari bilan uzviy bog’liqligi
bo’ldi. Sh. Sharipova talabalarda nafaqat akademik bilimlarni, balki sohadagi real
muammolarni hal qilish ko’nikmalarini shakllantirishga alohida urg’u berdi.
Mashg’ulot davomida
talabalar kichik guruhlarga bo’lingan holda, "Rolli o’yinlar" usuli orqali
amaliy keyslar bilan ishladilar. Har bir guruhga ishlab chiqarish korxonalarida
uchraydigan real muammoli vaziyatlar topshiriq sifatida berildi.
Ushbu amaliy
jarayon quyidagi tarkibda o’tkazildi:
Kichik guruhlarda
bahs-munozara: Talabalar ishlab chiqarishdagi murakkab buxgalteriya va audit holatlarini
tahlil qildilar.
Rolli simulyatsiya:
Talabalar "ichki auditor", "bosh buxgalter" va "korxona
rahbari" rollarini ijro etib, muammoli vaziyatlardan chiqish yo’llarini namoyish
etdilar.
Yechimlar taqdimoti: Har bir guruh o’z yеchimini iqtisodiy va huquqiy asoslar bilan himoya qildi.
Professional kompetentlik sari qadam. Dotsent Sh. Sharipova tomonidan qo‘llanilgan ushbu metod talabalarga kelajakdagi kasbiy faoliyatlarida duch kelishi mumkin bo‘lgan psixologik va professional to‘siqlarni yеngish, tezkor qaror qabul qilish va akademik mahoratni amaliyotda qo‘llash imkonini berdi.
Ochiq dars yakunida
kuzatuvchi sifatida qatnashgan professor-o‘qituvchilar darsning noan’anaviy tarzda
tashkil etilganini, ayniqsa, nazariyaning ishlab chiqarish bilan bog‘langani talabalar
uchun juda foydali bo‘lganini yuqori baholadilar.
"Professional taʼlim" kafedrasi mudiri D.I.Muqumova axboroti
Universitet
matbuot xizmati