Ona- muqaddas timsol

02.03.2026

#Ma`naviy va tashkiliy

Ma’lumki, elimizga bahor fasli kirib kelishi bilan bayramona tadbirlar boshlanib ketadi. Shu munosabat bilan joriy yilning 2-mart kuni «TIQXMMI» Milliy tadqiqot universiteti, “Gidromelioratsiya” fakultetida xalqaro xotin-qizlar kuniga bag’ishlangan  “Ona-muqaddas timsol” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Tadbir  mexmonlari:

1.O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi ham jurnalistlar uyushmasi  aʼzosi, "Do‘stlik" ordeni sohibi, Oltin qalamsohibi, "Lashkarbegi" MFY Nuroniylar Kengashi aʼzosi Abdusamatova Muqaddas Solixovna,

2. Dustlik ordeni sohibasi Mirzo Ulugbek tuman Nuroniy jamoatchilik kengashi azosi Irgasheva Marxamat Raxmanovna,

3. 2-darajali Mehnat faxriysi medali sohibasi Mirzo Ulug‘bek tuman Buvijonlar maktabi jamaot  kengashi raisi Abdulayeva Nasiba Ziyamitdinovna,

4. Pedagog Lashkarbegi  MFY Nuroniylar Kengashi raisi, Tuman Kengash aʼzosi  Rasuli Zulfiya Masharipovnalar tashrif  buyurishdi.  

Tadbir fakultet dekani J. Ishchanov tomonidan bayramona ochib berildi. Universitet xotin qizlar masalalari bo’yicha rektor maslahatchisi U. Ravshanovna  va mehmonlar tomonidan  Xalqaro xotin-qizlar kuni — bu ayollarning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va siyosiy yutuqlariga bag‘ishlangan global kun bo’lib, bu  kun 8-martda butun dunyoda keng nishonlanishi va eng qadrli bayram ekanligini ta’kidlab o’tishdi.

Bunday tadbirlar talabalar qalbida ona yurtga, ayollarimizga hurmat va ehtirom ko‘rsatish, milliy g‘urur va vatanparvarlik hissini yanada kuchaytiradi.

 

                                                “Gidromelioratsiya” fakulteti xotin-qizlar

masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi

Z.F. Beknazarova va fakultet tyutori

G. Axmedjanovalar axboroti

Universitet matbuot xizmati