Ijtimoiy-ma`naviy muhit barqarorligi barchamizning burchimiz

28.02.2026

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

Joriy yilning 27-fevral kuni “TIQXMMI” milliy tadqitot universiteti  “Ekologiya va huquq” fakulteti tyutorlari va ularga biriktirilgan 1-bosqich talabalari bilan birgalikda universitet profilaktika inspektori F.Hamidov ishtirokida hozirga kunimizda yoshlar hayotida kuzatilayotgan salbiy holatlar yuzasidan dars tashkil qilindi.

Unda universitet ichki tartib qoidalari va odob-axloq kodeksiga rioya qilish, giyohvandlik moddalarining salbiy ta`sirlari, tamaki va alkogol mahsulotlari iste’molining zararlari va oqibatlari, shuningdek taqiqlangan diniy materiallar tarqatish orqali o‘zi bilmagan holda giyohvandlik moddalarini tarqalishiga  sababchi bo‘lib qolayotgan yoshlar haqida atroflicha so‘z yuritildi.

Yuqoridagi zararli odatlar va jamiyatda yurish-turish tartib-qoidalarini qasddan buzganlik uchun jazo choralari haqida ham to‘xtalib o‘tildi. Qonunni bilmaslik bu jazolanmaslikka sababchi bo‘lmasligi har doim hushyor bo‘lib harakat qilishi kerakliklari haqida tushuntirish ishlari olib borildi. Tadbir davomida talabalar o‘zlariga kerakli xulosalarni chiqarib olishdi.

 

“Ekologiya va huquq” fakulteti tyutori I.Ahmedova  axboroti

  Universitet matbuot xizmati