Ijtimoiy-ma`naviy muhit barqarorligi barchamizning burchimiz
28.02.2026
Joriy yilning 27-fevral kuni “TIQXMMI” milliy tadqitot universiteti “Ekologiya va huquq” fakulteti tyutorlari va ularga biriktirilgan 1-bosqich talabalari bilan birgalikda universitet profilaktika inspektori F.Hamidov ishtirokida hozirga kunimizda yoshlar hayotida kuzatilayotgan salbiy holatlar yuzasidan dars tashkil qilindi.
Unda universitet ichki tartib
qoidalari va odob-axloq kodeksiga rioya qilish, giyohvandlik moddalarining
salbiy ta`sirlari, tamaki va alkogol mahsulotlari iste’molining zararlari va
oqibatlari, shuningdek taqiqlangan diniy materiallar tarqatish orqali o‘zi
bilmagan holda giyohvandlik moddalarini tarqalishiga sababchi bo‘lib qolayotgan yoshlar haqida
atroflicha so‘z yuritildi.
Yuqoridagi zararli odatlar va
jamiyatda yurish-turish tartib-qoidalarini qasddan buzganlik uchun jazo
choralari haqida ham to‘xtalib o‘tildi. Qonunni bilmaslik bu jazolanmaslikka
sababchi bo‘lmasligi har doim hushyor bo‘lib harakat qilishi kerakliklari
haqida tushuntirish ishlari olib borildi. Tadbir davomida talabalar o‘zlariga
kerakli xulosalarni chiqarib olishdi.
“Ekologiya va huquq” fakulteti tyutori I.Ahmedova axboroti
Universitet matbuot xizmati