Zulfiyani yod etib

28.02.2026

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

 

Joriy yilning 27-fevral kuni «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti «Gidrotexnika qurilishi» fakulteti dekan maslahatchisi, fakulteti   tyutori boshchiligida fakultetning 1-kurs talabalari bilan  Taniqli oʻzbek shoirasi Zulfiyani xotirlash maqsadida “Adiblar xiyoboni”ga tashrif buyurishdi. F.Yunusova so‘zga chiqib Zulfiya (1915-1996) Oʻzbek shoirasi. Taniqli oʻzbek shoirasi Zulfiya 1915-yilning 1-martida Toshkent shahrida Isroil temirchi oilasida tug'ildi. 1922-yildan 1931-yilgacha maktabda, so'ng 1931-1934-yillar orasida qizlar bilim yurtida tahsil oldi. Mehnat faoliyatini juda erta boshlagan shoira deyarli bir umr jurnalistika va nashriyot sohasida ishladi. U 1935-1938-yillarda Til va adabiyot instituti aspiranti, 1938-1948-yillar mobaynida Bolalar nashriyoti muharriri, Oʻzbekiston davlat nashriyoti bo'lim mudiri, 1953-yilgacha «Saodat» jurnalida bo'lim mudiri, 1953- yildan to 1980-yilga qadar, salkam o'ttiz yil davomida, shu jurnalning Bosh muharriri lavozimida ishlagani to‘g‘risida talabalarga gapirib berdi. Talabalar shoiramizni she’rlaridan yaratilgan qushiqlardan hirgoyalar qilishdi.

“GTQ” fakulteti dekan maslahatchisi F.Yunusova, fakultet tyutori D.Xursandova axboroti

"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti matbuot xizmati