Biz giyohvandlikka qarshimiz, giyohvandlik asr vabosi
26.02.2026
Joriy yil 25-fevral kuni “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘ribosari hamda Universitet proflaktika inspektori F.Xamidovlar fakultetda ta’lim olayotgan 1-bosqich Xorijiy talabalari bilan “Biz giyohvandlikka qarshimiz, giyohvandlik asr vabosi” mavzusida tadbir o‘tkazdi.
Bunda so‘zga chiqqan F.Xamidov talabalarga “Giyohvandlik” - bu nafaqat
giyohvandning sog'lig'iga putur yetkazadigan, balki uning hayoti va taqdirini
ham barbod qiladigan deyarli davolab bo'lmaydigan kasallik bo'lgan ayanchli
doira ekanligi. Bitta tabletka, puflash yoki ukol qilish giyohvandlik va
psixotrop moddalarga qaramlikka olib kelishi mumkinligi. Giyohvandlik maqolda
aytilganidek, “birinchi marta” degan so'zdan boshlanishi. Kayfiyatni ko'tarish
uchun birinchi puflash yoki tabletkaga qarshi tura olmagan kelajakdagi
giyohvand patologik giyohvandlikka moyillik tuzog'iga tushishi haqida
tushuntirib o‘tdi hamda turli giyohvand moddalar guruhlarining nojo'ya ta'siri
haqida talabalarga tushuntirib o‘tdi.

Tadbir so‘ngida talabalarga giyohvandlik oldi-sottisi bilan
shug‘illanuvchi va uni istemol qiluvchi insonlarning hayoti hamda taqdirlari
to‘g‘risida videofilm namoyish etildi.
Tadbirdan talaba-yoshlar o‘zlariga tegishli xulosalar
chiqarishdi.Talabalar tomonidan berilgan savollarga A.Azimov va F.Xamidovlar
javob berishdi.
“Gidrotexnika qurilishi” fakulteti dekan o‘ribosari A.I.Azimov axboroti
Universitet matbuot xizmati