Professor-o’qituvchilar O'zbekiston-24 telekanalida

24.02.2026

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

Joriy yilning 19-fevral sanasida "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti "Iqtisodiyot" kafedrasi professori iqtisodiyot fanlari doktori Mutalib Yuldashev hamda "Boshqaruv va Turizm" kafedrasi katta o'qituvchisi, PhD Dilnavoz Shavqidinova O'zbekiston 24 telekanalida “Prezidentimizning Amerika Qo'shma Shtatlariga tashrifi va uning iqtisodiyotimizdagi ahamiyati” bo'yicha bo'lib o'tgan jonli efir ko’rsatuvida ishtirok etishdi.

Ko’rsatuvda Amerika Qo'shma Shtatlarining Vashington shahrida taʼsischi davlatlaridan biri Oʻzbekiston boʻlgan Tinchlik kengashining birinchi sammiti haqida tahliliy suhbat olib borildi. Suhbatda professor-o’qituvchilarimiz Prezidentimizning o'z nutqlari orqali Oʻzbekiston Tinchlik kengashini tuzish boʻyicha tinchliksevar tashabbusni qoʻllab-quvvatlashini va bu aynan dunyo siyosatida O’zbekstonning o’rni ortib borayotganini ko’rsatishini ta’kidlashdi. 


O’zbekiston tomonining Gʻazo mintaqasini iqtisodiy va ijtimoiy qayta tiklanishida faol ishtirok etishiga hayrihohligi dunyo hamjamiyatida davlatimizning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy barqaror o’ringa ega ekanligini anglatishi alohida takidlandi. Shuningdek, AQSH-O’zbekiston o’rtasidagi kelajak savdo bitimlarining imzolanishi, AQSH tadbirkorlari tomonidan investitsiyalarning davaltimizga jalb etilishi mamlakatimizda iqtisodiy o’sishga yanada ijobiy ta’sir ko’rsatishiga, ko’plab ishchi o’rinlari yaratilishiga imkoniyat bo’lishiga aynan ikki davlat rahbarlarining ijobiy munosabatlari dastlabki qadamlarni boshlab bergani aytib o’tildi.

Ko’rsatuvda Professor Mutalib Yuldashev hamda PhD, Dilnavoz Shavqidinova dunyoda yuz berayotgan bugungi geosiyosiy vaziyatlar fonida ushbu Sammitning asosiy iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy ahamiyati haqida o'z fikrlarini tahliliy bayon qildilar.