Ilk tashrif va yangi istiqbollar: Britaniya Kengashi direktori universitetimizda
24.02.2026
2026-yil 23-fevral sanasida "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetida Britaniya Kengashi direktorining ilk rasmiy tashrifi bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuv universitetning xalqaro hamkorlik tarixida muhim bosqich bo‘ldi.
Britaniya
Kengashining O‘zbekistondagi direktori Michael Houlgate hamda Biznesni rivojlantirish bo‘yicha menejer Amirsaid
Sadikovni universitetimiz rektori Baxodir Suyunovich Mirzaev qabul qildilari.
Mazkur yig’ilishda “IELTS Xamkorlik Dasturini” universitet koordinatori
dotsent Go’zal Eshchanova ham ishtirok etdi.
Universitet
salohiyati bilan tanishtirish
Rasmiy
uchrashuvdan avval mehmonlarga universitet tarixi, ilmiy salohiyati,
xalqaro aloqalari, fakultetlar va zamonaviy infratuzilma haqida batafsil
ma’lumot berildi.
Tashrif
davomida mehmonlar A. Oripov muzeyi, universitet maketi hamda ta’lim va
ilmiy faoliyat aks etgan taqdimot materiallari bilan tanishdilar.
Rektor tomonidan universitetning xalqaro reytinglardagi o‘rni (QS, THE) va Milliy reytingdagi natijalari alohida e’tirof etildi.
Strategik hamkorlik va xalqaro loyihalar
Uchrashuv
davomida Buyuk Britaniya oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni
kengaytirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish hamda akademik
mobillikni oshirish masalalari muhokama qilindi.
Britaniya
Kengashi xamkorlikda amalga oshirilgan muhim loyihalar haqida dotsent Go’zal
Eshchanovaning taqdimoti tinglandi:
·
English as a Medium of Instruction (EMI) Project (2019–2021)
·
Professional Development Centre (2020-yil 20-fevral)
·
EnSPIRE-U (2017–2020)
·
Change Academy Programme (2018–2020)
Shuningdek,
Keimyung Kollej Universiteti bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan:
·
2+2 qo‘shma diplom dasturi
·
Raqamli ta’limni rivojlantirish tashabbuslari
·
Xalqaro sertifikatsiyani yanada ommalashtirish bo’yicha fikrlar almashildi.
IELTS
bo‘yicha strategik sheriklik
Universitet
va Britaniya Kengashi o‘rtasidagi IELTS strategik hamkorligi izchil
rivojlanmoqda. Universitet hududida quyidagi xalqaro imtihonlar tashkil
etilmoqda:
·
IELTS (Academic & General Training)
·
IELTS for UKVI
·
IELTS Life Skills
·
ACCA imtihonlari
·
Aptis ESOL for Teachers

Universitet
tomonidan imtixon topshiruvchilar uchun:
-To‘liq imtihon
formati (Listening, Reading, Writing, Speaking)
-11-bino hududida zamonaviy imtixon
zonalari
-Mock test va Pre-testlar tashkil
qilish
- Regional va shaxardan imtixon topshiruvchilarga yetarli imkoniyat yaratish
Delegatsiya
11-bino IELTS imtixon zonalari faoliyati bilan tanishib, yaratilgan sharoitlarga
yuqori baho berdi.
Kelgusidagi
ustuvor yo‘nalishlar
Muzokaralar
davomida quyidagi strategik masalalar ko‘rib chiqildi:
·
Xalqaro sertifikatga ega o‘qituvchilar va talabalar sonini oshirish
·
Raqamli ta’limni Britaniya Kengashi tajribasi asosida mustahkamlash
·
O‘qituvchilar malakasini oshirish tashabbuslarini kengaytirish

Ramziy
ehtirom
Uchrashuv yakunida rektor tomonidan Michael Houlgatega universitetning esdalik sovg‘alari topshirildi.
Mazkur
ilk rasmiy tashrif “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining xalqaro
maydondagi mavqeini yanada mustahkamlash, Britaniya Kengashi bilan strategik
sheriklikni yangi bosqichga olib chiqish hamda xalqaro ta’lim
standartlarini keng joriy etish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
Universitetimiz Britaniya Kengashi bilan xamkorlikda xalqaro integratsiya, akademik mukammallik va innovatsion rivojlanish tamoyillariga sodiq holda izchil faoliyat olib borishda davom etishga kelishib olishdi.