Ilm moliyalashtirish: IEK Group va “TIQXMMI” MTU hamkorlikda, avtomatlashtirish bo‘yicha o‘quv trenajyorlari yaratiladi
20.02.2026
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetiga IEK Group kompaniyasi mutaxassislari Konstantin Krupin va Xusan Aldashev tashrif buyurdilar. Tashrif davomida mehmonlar “Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasining mavjud texnologiyalari va ilmiy ishlari bilan tanishdilar.
Uchrashuv yakunida kompaniya tomonidan avtomatika yo‘nalishida o‘quv trenajyorlarini yaratish va ularni universitetga bepul taqdim etish, shuningdek, loyihani kelgusida tijoratlashtirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Qayd etildiki, kompaniyaning universitetga qiziqishi ushbu yo‘nalishdagi ilmiy maqolalar va kitoblar natijasida yuzaga kelgan bo‘lib, bu ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasi yangi imkoniyatlar ochishini yana bir bor tasdiqlaydi.