"TIQXMMI" Milliy Tadqiqot Universiteti PhD doktoranti abituriyentlar bilan uchrashdi
20.02.2026
#Ilmiy faoliyat
#Yangilik
“TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universitetining yosh olimi, PhD doktoranti Ezoz Ozodov ToshUTech universitetida o‘tkazilgan abituriyentlarni yangi ta’lim muhitiga yo‘naltirish dasturi doirasida abituriyentlar bilan uchrashdi.
Taqdimotda universitetning boshqa oliygohlardan farqli jihatlari hamda TOP-500 xalqaro reytingidagi universitet diplomi bitiruvchilarga beradigan imkoniyatlar alohida ta’kidlandi.
Uchrashuv davomida u universitetda ta’lim olish imkoniyatlari, zamonaviy dars jarayonlari va talabalarga yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, abituriyentlar uchun kreativ fikrlash bo‘yicha qisqa master-klass o‘tkazilib, darslarning amaliy va innovatsion yondashuvi namoyish etildi.