Kafedraga mutaxassislar tashrifi

20.02.2026

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasiga 19.02.2026 kuni O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Quruqlikdagi qo‘shinlar instituti Umumtexnik va tabiiy fanlar kafedrasi mudiri A.Yunusov, kafedra katta o‘qituvchisi I.Allaberdiev va ikkinchi bosiqich kursantlari tashrif buyurdilar. Tashrif tegishli rasmiy murojaat asosida tashkil etildi.

Tashrif davomida kafedraning Gidravlika laboratoriyasida “Gidravlika” fanidan laboratoriya mashg‘ulotlari tashkil etildi. Mashg‘ulotlar kafedra mudiri, professor A. Arifjanov hamda kafedraning bir qator professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borildi. Mashg‘ulotlar davomida kursantlar zamonaviy laboratoriya uskunalari bilan tanishib, gidravlik jarayonlarni amaliy tarzda o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Kursantlar mashg‘ulotlarni katta qiziqish bilan tinglab, mavzu yuzasidan faol va mazmunli savol-javob muhiti shakllandi.

Ushbu tashrif ta’lim va ilmiy-amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish, harbiy ta’lim muassasalari bilan tajriba almashish hamda muhandis mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va kelgusida qo‘shma amaliy mashg‘ulotlar hamda ilmiy-uslubiy tadbirlarni davom ettirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

            Universitet matbuot xizmati