“Jaholatga qarshi ma’rifat” tadbiri doirasida

19.02.2026

#Ma`naviy va tashkiliy

Joriy yil 18-fevral kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti talabalari ishtirokida bo‘lib o‘tgan tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita vakili J.Meliqo‘ziyev bugungi kunda globallashuvning shiddatli tus olishi dunyo miqyosida g‘oyaviy-mafkuraviy tahdidlarning tobora avj olishiga zamin yaratayotganligini ta’kidlab o‘tdi. Bugungi kunda globallashuvning shiddatli tus olishi dunyo miqyosida g‘oyaviy-mafkuraviy tahdidlarning tobora avjiga chiqishiga zamin yaratmoqda.

Shunday sharoitda tinchlik, barqarorlikni saqlashda ma’naviyat va ma’rifatga e’tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Davlatimiz rahbari ta’kidlab o‘tganidek “Biz ma’naviyat va ma’rifat ishini vatanparvarlik ishi, vijdon ishi, deb bilamiz. Vijdoni, ma’naviyati bor inson Vatanni, albatta, yaxshi ko‘radi. Vijdon, ma’naviyat degani – xalqqa, Vatanga chin yurakdan xizmat qilish deganidir. 

Mana shunday qarash butun xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz tomonidan keng va qizg‘in qo‘llab-quvvatlanayotgani ma’naviy tarbiyaning naqadar dolzarb ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi”.
Millatimiz va xalqimiz mentalitetini o‘zida namoyon etuvchi buyuk ma’naviyatimizni asrash xalqimiz taqdiri va kelajagi, hayot-mamotimiz vazifasi ekanligini anglash o‘ta muhim vazifadir. Globallashuv davrida dunyoda vujudga kelayotgan tahlikali vaziyat tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Dunyo miqyosida keskin g‘oyaviy kurashlarning avj olishi, turli mafkuralar to‘qnashuvi, demokratiya yoki turli diniy ta’limotlar shiorlari bilan “chiroyli” niqoblangan yovuz g‘oyalarni singdirishga intilish tobora kuchayib bormoqda. Dunyo xavfsizligi va barqarorligiga jiddiy rahna solishga intilayotgan ekstremizm, terrorizm, aqidaparastlik, giyohvandlik kabi tahdidlarning mavjudligi jiddiy fikrlashni talab etmoqda. Bu borada, dunyo miqyosida vujudga kelayotgan tahlikali vaziyatlar kuchayib borayotgan xavf – xatarlar, qonli to‘qnashuvlar, siyosiy va iqtisodiy qarama – qarshiliklar, terrorizm, radikalizmning tobora avj olishi tinchlik va barqarorlikka jiddiy tahdid solayotganligi tobora oydinlashmoqda.
Bugungi kunda radikallashuv jarayonlariga qarshi kurashning eng samarali yo‘li – bu “jaholatga qarshi ma’rifat” asosida kurash uslubidir. Bunday kurash uslubi bugungi kunda ilg‘or xorijiy davlatlarda keng qo‘llanilmoqda. Radikallashuvdan qaytarishda shaxsning noto‘g‘ri qarashlarini to‘g‘rlash ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’rifiy va oqilona usuli ekanligi e’tirof etilmoqda. “Jaholatga qarshi ma’rifat” asosida ishlarni tashkil qilish jamiyatda o‘zaro bir-birini tushunishni qo‘llab-quvvatlaydi hamda tinchlik-barqarorlikni ta’minlashda o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Tadbirdan talaba-yoshlar o‘zlariga tegishli xulosalar chiqarishdi. Talabalar tomonidan berilgan savollarga J.Meliqo‘ziyev tоmonidan javob berildi.


 “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti dekan o‘ribosari A.I.Azimov axboroti Universitet matbuot xizmati