Ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda qiziqarli uchrashuv

18.02.2026

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

2026-yil 18-fevral kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti talaba-yoshlari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda qiziqarli uchrashuv va targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi Temuriylar tarixi davlat muzeyi faoliyati, muzeyda saqlanayotgan noyob tarixiy eksponatlar hamda Temuriylar davri ilm-fan va madaniyatining jahon sivilizatsiyasidagi o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Tadbir mehmonlari “Ekspozitsiya va ko’rgazmalarni ilmiy loyihalash va badiiy bezash” bo’limi kichik ilmiy xodimi Murodova Risolat Davon qizi, “Ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi mutaxassislari Mirjonova Nodira Ilhom qizi, Raximova Munojat Batuyevna va Qudratova Sevara Botir qizi tomonidan talaba-yoshlarga muzey faoliyati, tarixiy merosimizni asrash va targ‘ib etish borasidagi ishlar yuzasidan qiziqarli taqdimot va suhbat o‘tkazildi.

Tadbir davomida talabalarda milliy tariximizga hurmat, vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, boy tarixiy merosimizni chuqur o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, uchrashuv savol-javoblarga boy tarzda o‘tkazilib, talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.

Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir yoshlarning tarixiy ongini yuksaltirish, ularni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash hamda ilmiy-ma’rifiy muhitni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Tadbir yakunida universitet jamoasi nomidan mehmonlarga samimiy minnatdorlik bildirildi hamda kelgusida ham bunday mazmunli uchrashuvlarni tashkil etish yuzasidan kelishib olindi.

 

“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Borotov аxboroti 

Universitet matbuot xizmati