Ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda qiziqarli uchrashuv
18.02.2026
2026-yil 18-fevral kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti talaba-yoshlari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda qiziqarli uchrashuv va targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi Temuriylar
tarixi davlat muzeyi faoliyati, muzeyda saqlanayotgan noyob tarixiy
eksponatlar hamda Temuriylar davri ilm-fan va madaniyatining jahon
sivilizatsiyasidagi o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Tadbir
mehmonlari “Ekspozitsiya va ko’rgazmalarni ilmiy loyihalash va badiiy bezash”
bo’limi kichik ilmiy xodimi Murodova Risolat Davon qizi, “Ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi mutaxassislari
Mirjonova Nodira Ilhom qizi, Raximova Munojat Batuyevna va Qudratova Sevara
Botir qizi tomonidan talaba-yoshlarga muzey faoliyati, tarixiy
merosimizni asrash va targ‘ib etish borasidagi ishlar yuzasidan qiziqarli
taqdimot va suhbat o‘tkazildi.

Tadbir davomida talabalarda milliy tariximizga hurmat, vatanparvarlik
tuyg‘ularini mustahkamlash, boy tarixiy merosimizni chuqur o‘rganishga bo‘lgan
qiziqishni oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, uchrashuv
savol-javoblarga boy tarzda o‘tkazilib, talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan
savollarga atroflicha javob oldilar.
Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir yoshlarning tarixiy ongini
yuksaltirish, ularni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash hamda
ilmiy-ma’rifiy muhitni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Tadbir yakunida universitet jamoasi nomidan mehmonlarga samimiy
minnatdorlik bildirildi hamda kelgusida ham bunday mazmunli uchrashuvlarni
tashkil etish yuzasidan kelishib olindi.
“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Borotov аxboroti
Universitet
matbuot xizmati