Suv resurslaridan oqilona foydalanish samaradorligi oshiriladi

07.02.2026

#Yangilik

“Suv resurslaridan oqilona foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–47-son) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2026–2028-yillarda suv tejovchi texnologiyalar joriy qilingan maydonlar hajmi 3,5 million gektarga yetkaziladi.

Jumladan:

  • – 220 ming gektar maydonda tomchilatib sug‘orish, 110 ming gektar maydonda yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyalari joriy etiladi hamda 600 ming gektar maydon lazerli tekislanadi;
  • – suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish hisobiga har yili 5 milliard kub metr suv resurslarini tejash ko‘zda tutilgan.

Suv resurslaridan oqilona foydalanish samaradorligi oshirish uchun 800 milliard so‘m subsidiya mablag‘lari ajratiladi

Qarorga ko‘ra, 2026-yilda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishni kengaytirish uchun:

  • – tijorat banklari tomonidan 2,6 trillion so‘m kredit mablag‘larini ajratiladi;
  • – davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida 800 milliard so‘m subsidiya mablag‘lari yo‘naltiriladi;
  • – suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va undan foydalanish bo‘yicha Xitoyning Shinjon tajribasi asosida mutaxassis kadrlar malakasini tizimli oshirish yo‘lga qo‘yiladi.