Alisher Navoiy – bugungi talaba uchun ibrat maktabi

07.02.2026

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

Bugun "Oliy matematika" kafedrasi professor o‘qituvchilari tomonidan talabalar turar joyida, talabalar bilan “Alisher Navoiy – bugungi talaba uchun ibrat maktabi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. 

Davra suhbatida talabalar Navoiy ijodi, hayoti va xalq orasidagi rivoyatlar bilan tanishtirildi. Shu bilan birga, shoirning:

  • • ilmga chanqoqligi va bilimga bo‘lgan hurmati,
  • • adolat, insonparvarlik va saxovatpeshaligi,
  • • ona tilining boyligi va adabiyotni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi

talabalar e’tiboriga havola qilindi.

Suhbat davomida talabalar Navoiy g‘azallari va nasriy asarlaridagi ma’naviy saboqlar bilan tanishib, o‘z fikrlarini ham bildirdi. Ayniqsa, rivoyatlar orqali berilgan hayotiy saboqlar, ularni ilmga, adolat va to‘g‘rilik yo‘lida intilishga undadi.

Shuningdek, professor-o‘qituvchilar Navoiy ijodini matematika va mantiqiy tafakkur bilan bog‘lash bo‘yicha qisqacha tushuntirish berdi. Talabalar esa shoirning mantiqiy fikrlash va xulosa chiqarish qobiliyatini o‘z o‘quv jarayonlari bilan solishtirib, chuqur qiziqish bildirdi.

Davra suhbatining yakunida yoshlar bilan qisqa muhokama o‘tkazilib, ularning savollari va takliflari tinglandi. Bu tadbir talabalar ma’naviyatini oshirish, shoirning hayoti va ijodini bugungi talaba hayotiga tatbiq etish bo‘yicha katta foyda berdi.

Universitet matbuot xizmati