“Qatag‘on qurbonlarini yod etish orqali yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy mashg‘ulot olib borildi...
06.02.2026
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida “Suv xo‘jaligi va melioratsiya” yo‘nalishi bo‘yicha tashkil etilgan qayta tayyorlash va malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun “Qatag‘on qurbonlarini yod etish orqali yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash” mavzusida tarmoq markazi bo‘lim boshlig‘i N.Sattarov ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy mashg‘ulot olib borildi. Mashg‘ulot davomida Xalqimiz tarixidagi og‘ir va fojiali sahifalarni xolis anglash, millat ravnaqi va ma’naviy taraqqiyoti yo‘lida qurbon bo‘lgan ziyolilar, ma’rifatparvarlar va jamoat arboblarining hayoti hamda fidoyiligini yoshlar ongiga singdirish. Qatag‘on qurbonlarini yod etish orqali yosh avlodni mustaqillik qadrini chuqur anglaydigan, Vatan taqdiri uchun mas’uliyat hissini biladigan, mamlakat taraqqiyotiga daxldorlik tuyg‘usini his etadigan faol vatanparvar shaxs sifatida tarbiyalash kabi masalalarga to‘xtalib o‘tildi.