“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha Kengash raisi-rektor maslahatchisini saylash yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
04.02.2026
#Ma`naviyat
#Rektordan
Yig‘ilishda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Dastlab nomzodlar tomonidan Xotin-qizlar kengashi faoliyatini yanada rivojlantirish, ayollar huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan dasturi taqdim etildi.
Saylov jarayoni ochiqlik va oshkoralik tamoyillari asosida tashkil etildi. Yopiq ovoz berish natijalariga ko‘ra, universitet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha kengash raisi-rektor maslahatchisi etib "Iqtisodiyot" kafedrasi dotsenti Sangirova Umida Ravshanovna saylandi.
Yangidan saylangan raisga kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.