Universitetda talabalar o‘rtasida sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlashga qaratilgan profilaktik yig‘ilish o‘tkazildi.
04.02.2026
Universitetning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamda Yoshlar ittifoqi universitet kengashi a’zolari bilan universitet profilaktika inspektori hamkorligida profilaktik yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda talabalar o‘rtasidagi ijtimoiy-ma’naviy muhit holati atroflicha tahlil qilish, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni turli fan, sport va ijodiy to‘garaklar hamda madaniy-ma’rifiy tadbirlarga keng jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, yig‘ilish davomida talabalar orasida giyohvandlik vositalari, shu jumladan internat tarmoqlaridagi taqiqlangan elektron o‘yin va platformalarga aralashishning salbiy va ayanchli oqibatlari haqida profilaktik suhbatlar olib borilishi haqida davra suxbatlari va uchrashuvlarni tashkil etib borish belgilandi.
Yig‘ilish yakunida talabalarni qonunlarga hurmat, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, ma’naviy barkamol shaxs bo‘lib kamol topishga chaqirish hamda bu borada universitet tomonidan yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish zarurligi ta’kidlandi.