Karyera kuni tadbiri

04.02.2026

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

Joriy yili 4 fevral sanasida Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining bandligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida vazirlik va idoralar hamda tashkilotlarning kadrlar tayyorlash bo‘yicha yo‘nalishlar kesimida bergan buyurtmasiga muvofiq Yer resurslari va kadastr fakulteti hamda Talabalar amaliyoti bo‘limi bilan birgalikda Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish, Geodeziya va geoinformatika, Yer kadastri va yerdan foydalanish, Kadastr (faoliyat turlari bo‘yicha), Yerni masofaviy zondlashda innovatsion texnologiyalar va Professional ta’lim (Yer kadastri va yer tuzish) ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi bosqich talabalari orasidan munosiblarini saralab olish, ish beruvchi, universitet va talaba o‘rtasida o‘qishni tamomlaganidan so‘ng ishlab berish sharti bilan talabaning ta’lim olishi uchun shartnoma to‘lovlarini ish beruvchi tomonidan qoplab berishni nazarda tutuvchi uch tomonlama shartnoma tuzish va boshqa masalalarda talabalarga tushunchalar berildi. 

Tadbir davomida universitetining talabalariga Mirzo Ulug‘bek Bank xizmatlari markazi “Kelajakka qadam” Markazi loyiha menejeri Abdulaziz Gulboyev va Kelajakka qadam markazi tomonidan PQ-61-son qarori doirasida seminar-trening o‘tkazildi, unda ishga joylashtirish, biznes g‘oyalarni loyihaga aylantirish va moliyalashtirish imkoniyatlari haqida amaliy ma’lumotlar berishdi.

“Teach for Uzbekistan” nodavlat notijorat muassasasi xodimlari Berdiyeva Zarina hamda Inomjonov Yodgor tomonidan maktab ta’limi tizimini rivojlantirishga ko‘maklashish, xususan, og‘ir ijtimoiy sharoitdagi hududlarda joylashgan umumta’lim maktablariga iqtidorli, bilimli va yetakchilik salohiyatiga ega yosh yetakchilar va mutaxassislarni o‘qituvchi sifatida jalb etishda 4-bosqich bakalavr bitiruvchi talabalari uchun tashkilot faoliyati, dastur imkoniyatlari hamda mavjud vakant ish o‘rinlari tavsiya etishdi.

Talabalar amaliyoti bo‘limi axboroti