Joriy yilning 3-fevral kuni “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida Butunjahon suv-botqoq hududlar kuniga bag‘ishlangan “O‘zbekistonda suv-botqoq hududlarni himoya qilish masalalari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

04.02.2026

#Rektordan

Tadbir “Ekologiya va huquq” fakulteti tashabbusi bilan tashkil etildi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Alixanov Boriy Batirovich, O‘zbekston ekoharakati Markaziy Kengashi Ijroiya Qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sanginov Saidrasul Saidakbarovich O‘zbekiston qushlarni muhofaza qilish jamiyati koordinatori Kashkarov Oleg Romanovich hamda universitet talabalari ma’ruza va chiqishlar bilan ishtirok etib, suv-botqoq hududlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish, atrof-muhitni asrash, barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda muhim omil ekani qayd etildi.

Davra suhbati davomida suv-botqoq hududlarni muhofaza qilish, ekologik barqarorlikni ta’minlash va sohadagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.