Karyera kuni tadbiri
03.02.2026
Joriy yili 30 yanvar sanasida Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining bandligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida vazirlik va idoralar hamda tashkilotlarning kadrlar tayyorlash bo‘yicha yo‘nalishlar kesimida bergan buyurtmasiga muvofiq Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish fakulteti hamda Talabalar amaliyoti bo‘limi bilan birgalikda Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish, Qishloq va suv xo‘jaligida texnik servis, Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi (meva sabzavotchilik texnologiyasi), Qishloq xo‘jaligida innovatsion texnika va texnologiyalarni qo‘llash va Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti ta’lim yo‘nalishi 3-4 bosqich talabalari orasidan munosiblarini saralab olish, ish beruvchi, universitet va talaba o‘rtasida o‘qishni tamomlaganidan so‘ng ishlab berish sharti bilan talabaning ta’lim olishi uchun shartnoma to‘lovlarini ish beruvchi tomonidan qoplab berishni nazarda tutuvchi uch tomonlama shartnoma tuzish va boshqa masalalarda talabalarga tushunchalar berildi.
Shuningdek, “O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” DM yoshlar ishlari bo‘yicha yetakchisi Muxiddinov Otabek, “O‘zagrolizing” dan ijro nazorati bo‘limi mutaxassisi Ravshanov Shoxjaxon, Matbuot kotibi Mirzayeva Sarvinoz va “O‘zKaseServis” MChJ dan bosh mutaxassis Mirkarimov Shuxratlar tadbirda ishtirok etishdi.
Tadbir davomida universitetining talabalariga Mirzo Ulug‘bek Bank xizmatlari markazi “Kelajakka qadam” Markazi loyiha menejeri Abdulaziz Gulboyev va Kelajakka qadam markazi tomonidan PQ-61-son qarori doirasida seminar-trening o‘tkazildi, unda ishga joylashtirish, biznes g‘oyalarni loyihaga aylantirish va moliyalashtirish imkoniyatlari haqida amaliy ma’lumotlar berishdi.
Yig‘ilish davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar javob olishdi. Tashkilotdan tashrif qilgan mutaxassislar kelajakda talaba hamda bitiruvchi bosqich talabalarini amaliyot o‘tash davrida bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlarida hamda oliygohni tugatgandan so‘ng ularni shu tashkilotlarga ishga qolishlarida qo‘ldan kelgancha amaliy yordam ko‘rsatishga tayyor ekanliklarini ta’kidlab o‘tishdi