Alisher Navoiyning 585 yilligiga bag‘ishlab “zakovat” intellektual o‘yini
03.02.2026
2026 yil 3-fevral kuni buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" MTU Yer resurslari va kadastr fakulteti talaba qizlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Mazkur tadbir buyuk mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiyning boy ma’naviy merosini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish, talabalarning bilim saviyasi va intellektual salohiyatini oshirish maqsadida o‘tkazildi. “Zakovat” intellektual o‘yini fakultetda tahsil olayotgan talabalardan iborat jamoalar ishtirok etib, o‘z bilimlarini sinab ko‘rdilar. Bellashuv davomida ishtirokchilarga Alisher Navoiy hayoti va ijodi, tarix, adabiyot, mantiqiy fikrlash, shuningdek, umumiy bilimlarga oid qiziqarli savollar taqdim etildi.
Tadbir jarayoni qizg‘in bahs-munozaralar va jamoalar o‘rtasida sog‘lom raqobat ruhida o‘tdi. Talabalar savollarga tezkor va aniq javob berish orqali o‘z bilimlarini namoyon etdilar. “Zakovat” intellektual o‘yini yoshlarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirish, jamoada ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish hamda ularning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Ushbu o‘yinda 4 ta bellashdilar. Ya’ni shundan
- 1.Guli jamoasi-40 ball
- 2.SHirin jamoasi-20 ball
- 3. Layli jamoasi 15 ball
- 4. Risola jamoasi-5 ball
Tadbir yakunida faol ishtirok etgan va yuqori natija ko‘rsatgan jamoalar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi. Ushbu tadbirda qatnashib yordam bergan D.Murodovaga hamda tyuterlarimizdan O.Abdullava va M.Turgunovalarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
YRK fakulteti xotin- qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z.Xafizova axboroti