Munosabat
02.02.2026
“Keyingi yillarda O‘zbekiston – Turkiya do‘stlik va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlari sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi”, — dedi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Anqarada bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi muzokaralarda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an o‘rtasida Anqara shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar ikki davlat o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklikning mustahkam va barqaror tus olayotganini yaqqol ko‘rsatdi.
Muzokaralar doirasida ta’lim sohasida qabul qilingan qarorlar, jumladan, 2026–2027 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturlari, Turkiya Oliy ta’lim kengashi bilan institutsional aloqalarni rivojlantirish, qo‘shma ta’lim va ilmiy loyihalarni amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda.
Istanbul shahrida O‘zbekistonning xorijdagi birinchi ta’lim muassasasi — o‘zbek maktabi qurilishining boshlanishi esa milliy ta’lim siyosatida muhim tarixiy voqea hisoblanadi.
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti jamoasi ushbu strategik qarorlar ikki mamlakat yoshlarining ilmiy salohiyatini oshirishga, innovatsiya va ta’lim sohasida yangi natijalarga erishishga xizmat qilishiga ishonch bildiradi.