“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetiga O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasining Moliyaviy texnologiyalar, raqamlashtirish va sun’iy intellekt bo‘yicha departamenti rahbari Bobur Botirovich Xodjayev tashrif buyurdi.

01.02.2026

#Rektordan

Tashrif doirasida universitetda yaratilgan zamonaviy ta’lim va raqamli infratuzilma, talaba va professor-o‘qituvchilar uchun tashkil etilgan qulay shart-sharoitlar, shuningdek, ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi.

Xususan, tashrif davomida universitetning Axborot-resurs markazi ko‘zdan kechirilib, undagi elektron va an’anaviy axborot manbalari, raqamli kutubxona xizmatlari hamda talabalarning mustaqil ta’lim olishi uchun yaratilgan qulay muhit haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, IT Markaz faoliyati bilan tanishish jarayonida axborot texnologiyalari sohasidagi ishlanmalar, dasturiy mahsulotlar yaratish, startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning innovatsion g‘oyalarini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha mavjud imkoniyatlar namoyish etildi.

Bundan tashqari, universitet binolari va o‘quv auditoriyalari ko‘zdan kechirilib, ularning zamonaviy texnik jihozlanganligi, raqamli ta’lim texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari hamda qulay o‘quv muhitini shakllantirishga qaratilgan ishlar bilan tanishtirildi.

Tashrif davomida ta’lim jarayonini raqamlashtirish, moliyaviy texnologiyalar va sun’iy intellekt yo‘nalishlarida malakali kadrlar tayyorlashni yanada rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.